349

Akademiya talabasi xalqaro tanlovda munosib ishtirok etdi

Yoshlarning o‘sib borayotgan siyosiy tafakkuri, ijtimoiy faolligi va ilmiy saviyasini namoyon etish, xalqaro darajada o‘z tengdoshlari orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida yurtimizda ko‘plab xalqaro ko‘rik-tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday nufuzli tadbirlardan biri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) talaba-yoshlari o‘rtasida ilk marotaba tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola-2021” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi bo‘ldi.

Quvonarlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” fakulteti “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hamidulla Suyunov ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovning esdalik nishoni hamda sertifikati bilan taqdirlandi. Shuningdek, Akademiya talabasining maqolasi ilmiy to‘plamda chop etildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi izlanuvchan va salohiyatli talaba Hamidulla Suyunovni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etib, uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish