323

Akademiya doktoranti nufuzli tanlovda munosib ishtirok etdi

Yurtimizning tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, keng qamrovli islohotlarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda qator tashkilotlar tomonidan “Yangi O‘zbekiston – yangi qo‘shnichilik” mavzusida maqolalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan yurtimizning tashqi siyosatidagi pozitsiyasi hamda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari keng yoritilgan, tahliliy va xalqchil tilda tayyorlanib, respublikaning nufuzli gazeta-jurnallarida chop etilgan maqolalar orasidan munosib deb topilganlari e’tirof etildi.

Quvonarlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Lola Azimova munosib ishtirok etib, rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibasiga aylandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi yosh olima Lola Azimovani mazkur yutug‘i bilan muborakbod etib, uning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga omad tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish