329

Seminar samarali va foydali bo‘ldi

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro rivojlantirish аssotsiatsiyasi ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Jahon banki kredit mablag‘lari hisobidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 2019-yil 6-sentabrda OTMlarga texnik yordam berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va “Al Mar Consulting” kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolangan.

Mazkur shartnomaga asosan texnik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy taʼlimni qo‘llab-quvvatlash, sanoat korxonalari va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda xotin-qizlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun maqbul variantlarini aniqlashda ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish belgilangan.

Ushbu tadqiqotlar doirasida ishlab chiqilgan mexanizmlar va tavsiya natijalari bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasalarida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida texnik ta’lim sifatidan qoniqish darajasini baholash (tadqiqot natijalari bo‘yicha)” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari, “Al Mar Consulting” vakili Nilufar Agalarxodjayeva ishtirok etishdi.

Seminarni “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov ochib berarkan, mazkur trening oliy ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

– Mazkur loyiha Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Jahon banki hamda “Al Mar Consulting” kompaniyasi hamkorligida olib borilmoqda, – deydi “Al Mar Consulting” vakili Nilufar Agalarxodjayeva. – Ya’ni, bu orqali oliy ta’lim modernizatsiya qilinib, uni yanada rivojlantiriladi. Bugungi seminar-treningda oliy ta’lim tizimida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish haqida so‘z yuritdik. Ayni paytda loyiha doirasida malakali mutaxassislarni yetishtirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. 

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish