355

Seminar darslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun seminar-trening darslari tashkil etilmoqda.

Navbatdagi mahorat darsi “Toshkent shahri va viloyatlardagi ziyorat obyektlar logistikasi, ularni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari” hamda “Turpaketlarni ziyoratgohlar xususiyati va ziyoratchilarning diniy qarashlariga muvofiq tashkil etish” mavzulariga bag‘ishlandi.
 

Seminar mashg‘ulotlarini “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari olib borishdi. Mahorat darsida yurtimiz, xususan, Toshkent shahri va viloyatlardagi qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar, tarixiy va madaniy yodgorliklar haqida ma’lumot berildi. 
 

Turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanish hamda yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi, balki aholi bandligini ta’minlash, turmush darajasi va sifatini oshirish, yurt farovonligi va taraqqiyoti yuksalishiga ham katta ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Buning uchun esa sayyohlik firmalari turpaketlarni har bir ziyoratgoh, ziyoratchilarning diniy qarashlari, qiziqishlariga ko‘ra tashkil etish, bu orqali sayyohlarga qulaylik yaratilishi qayd etildi.
 


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish