360

Doktoranturaga kirish imtihonlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari yakunlandi.

Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Dinshunoslik”, “Din psixologiyasi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot”, “Mumtoz Sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘yicha ilmiy salohiyati hamda ushbu masalalarni chet tilida bayon qilish qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish