427

“INGLIZ TILI BILIMDONLARI” ANIQLANDI

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda chet tillari, xususan, ingliz tilini o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi esa talabalar uchun bir necha xorijiy tillarni oson va puxta o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Bu borada interaktiv musobaqalarning muntazam o‘tkazilib turilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillari” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Ingliz tili bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada barcha fakultetlardan jami 12 ta — “Paradox”, “F4”, “Pragmatics”, “SK”, “Winky”, “Leader’s Union”, “Power team”, “Wisdom”, “Masters”, “Webster” va “Winners” kabi talaba va magistrlardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlovda jamoalar dastlab saralash bosqichida ekranda ko‘rsatilgan savollarga javob berish orqali bahsga kirishishdi. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 jamoa keyingi asosiy bosqichga o‘tdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni Islom iqtisodi va moliyasi fakulteti 2-bosqich talabalarining “Pragmatics” jamoasi, 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabalarining “SK” jamoasi, 1-o‘rinni esa Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabalarining “Paradox” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida tadbir qatnashchilari bilan ham qiziqarli intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish