527

Salomatlik – bebaho boylik

Salomatlik inson uchun bebaho boylik hisoblanib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim shartlaridan biri sanaladi. Yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom fikrli qilib tarbiyalash mamlakat taraqqiyotining asosi ekanligi barchamizga ma’lum.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatliklarini himoya qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida fakultet dekani Zokir Ro‘ziyev, Akademiya shifokori Zulfiya Yunusova, 48-son oilaviy poliklinika shifokori Olimjon Husanboyev hamda “Islomshunoslik” fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Muloqotni fakultet dekani Zokir Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Akademiya shifokori Zulfiya Yunusova yurtimizda hukm surayotgan sovuq ob-havo tufayli talabalar orasida shamollash, tumov kasalligi kuchayib borayotganini, shu bilan birga aholi orasida koronavirus kasalligiga chalinish holatlari davom etayotganini ta’kidladi. Kasallikdan himoyalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Tadbirda 48-son oilaviy poliklinika shifokori Olimjon Husanboyev so‘zga chiqib, ayni paytda oliy ta’lim muassasalariga talabalar salomatligiga foyda bo‘ladigan, immunitetini ko‘taruvchi dorilar tarqatilgani, Akademiya talabalari uchun bepul tarqatilishini bildirdi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish