434

Talaba-qizlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon qizlar” nomli bellashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Xotin-qizlar bo‘limi va Axborot-resurs markazi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon qizlar” nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Akademiya professor o‘qituvchi va xodima ayollari, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetlari, Akademik litsey talaba qizlari, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Chiniyeva, Axborot-resurs markazi direktori M.Hasanova, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti talaba-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimasi D.Hasanova, “Islomshunoslik” fakulteti talaba-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimasi R.Urazova hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirni Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Chiniyeva ochib berib, bellashuv oldidan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng Axborot-resurs markazi direktori Mohinur Hasanova so‘zga chiqib, axborotlashgan jamiyat barpo qilishda Axborot-kutubxona va Axborot-resurs markazlarining roli ortib borayotgani, lekin yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, ularning dunyoqarashini shakllantirishda badiiy adabiyotning o‘rni yuqori ekanligini bildirdi. Kitobga oshno bo‘lgan inson undan ma’naviy ozuqa oladi, dunyoqarashi kengayib, yomon bilan yaxshini farqlaydi, – dedi Mohinur Hasanova o‘z so‘zida.

Akademiya va Akademik litsey talaba hamda o‘quvchi-qizlari jamoasi ishtirok etgan bellashuv qizg‘in va taassurotlarga boy o‘tdi.

“Eng faol kitobxon qizlar” bellashuvida ishtirokchilar badiiy adabiyotlar yuzasidan o‘zaro bellashib, o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Yakunda munosib jamoalarga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish