532

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga

Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Xabar berganimizdek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

✅ Ushbu tizim:

➖ ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish;

➖ jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

➖ elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

➖ toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

Izoh qoldirish

Izohlar

14.06.2023 19:12
2023-yil haqida malumot berishlarizni sòrab qolardik, malumotlar aniq bolishini, qabul qachondan boshlanadi nechta yònalishlar bor va ularning asosiy imtihonlari qaysi fanlarda bòladi
22.03.2023 23:00
2022-yil qabulda fakultetlar haqida qayerdan ma'lumot olsam bo'ladi?
28.02.2023 23:43
Qabul qacondan bowlanadi?
02.10.2022 19:55
1- oktabr dam olish kuni bo'ldi.Ulgurmaganlar dushanbaga to'lov qilsa bo'ladimi superni