512

“Ziyo” media markazi

“Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi media muassasa. 

“Ziyo” media markazi diniy-ma’rifiy, ijtimoiy, tarixiy, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlarni tayyorlash va taqdim etishni maqsad qilgan.

Markazda O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ulkan ijobiy ishlarni, milliy qadriyatlarni o‘zida aks ettiruvchi, diniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop va ijtimoiy yo‘nalishlarda ko‘rsatuv va filmlar tayyorlanib, teletomoshabinlar e’tiboriga havola etib kelinmoqda. 

Jumladan, haftaning har dushanba kuni “O‘zbekiston” telekanali orqali “Imom Buxoriy saboqlari” rukni ostida turkum ko‘rsatuvlar, har ikki haftaning chorshanba kunida esa mazkur telekanal orqali “E’tiqod mustahkamligi yo‘lida” nomli turkum ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda. “Dolzarb mavzu” ruknida esa diniy bag‘rikenglik, oliyjanoblik, saxovatpeshalik, islom dinining asl insonparvarlik yoritib berishga mo‘ljallangan maxsus ko‘rsatuvlar namoyish etilmoqda. Shuningdek, yuqoridagi telekanal orqali muborak Ramazon oyida “Ramazon tuhfasi” nomli teledasturlar tayyorlanib xalqimizga tuhfa qilinmoqda. 

Bundan tashqari “O‘zbekiston” radiokanalida “Imom Buxoriy o‘gitlari”, “Oriat dono” radiokanalida esa “Ziyo chashmasi” hamda “Hit” (FM 90.8) radiosi orqali esa “Ma’rifat ziyosi” nomli turkum dasturlar tayyorlanib yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola etilmoqda. 

“Ziyo” media markazi ko‘rsatuvlari avvalo, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabalari, imom-xatiblar, mazkur Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tayyorlanadi. Quyidagi http://www.ziyo.uz/ sayt orqali ham “Ziyo” media markazi faoliyati bilan tanishishingiz mumkin.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish