423

“Kiberxavfsizlik markazi” xodimlari ishtirokida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi

Bugungi kunda har bir soha raqamlanib, zamonaviy qurilmalar hayotimizni qamrab olmoqda. Ilm-fan yangiliklari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ammo shu bilan birga texnologiyalar taraqqiyoti bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi turgan gap. Bu borada axborot texnologiyalari sohasida xavfsizlik muhim sanaladi. Bunday vaziyatda kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar yoki axborot xavfsizligi bo‘yicha tahlilchilar juda zarur. Ular bizni internetdagi turli kiber jinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogoh etib, kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanishimizga xizmat qiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari Farhod Abdusalamov hamda Farrux Xusenov ishtirokida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tdi. 

Mashg‘ulotda Markaz xodimlari tashkilot tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni tanishtirish bilan birga, tashkilotning kompyuter tarmoq tipologiyasi va oddiy fuqaro axborot xavfsizligiga rioya qilish uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida so‘z yuritishdi.

Shuningdek, har bir tashkilotda axborot xavfsizligi siyosatini ta’minlashda ishlatiladigan amaliy dasturlardan foydalanish bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

Dars jarayonida amaliy jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Markaz xodimlari axborot xavfsizligini ta’minlash uchun Opensource dasturlarni o‘rnatib ularni qanday ishlash prinsiplarini o‘rganib va ularni o‘zgartirgan holda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta tajriba to‘plashga yordam berishini alohida ta’kidlab o‘tishdi. 

Talabalarga ayniqsa, ijtimoiy injiniring – inson xatti-harakatlaridan foydalanish san’ati va ularning turlari bo‘yicha qilingan taqdimotlar katta qiziqish uyg‘otdi. 

Mashg‘ulot yakunida “Kiberxavfsizlik markazi” xodimlariga mazmunli dars uchun minnatdorlik bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish