408

Hamkorlikdagi muhim masalalar muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti rahbariyati bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori D.Maxsudov, Markaz direktor o‘rinbosari J.Karimov Akademiya “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri M.Haydarov, kafedra o‘qituvchisi H.Sagdiyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Xo‘jayev ishtirok etdi.

Tadbirda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqotda Davronbek Maxsudov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalar, xalqaro hamkorlik aloqalari, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida ma’lumot berdi.

Samimiy muloqot davomida ikki muassasa vakillari ishtirokida onlayn va oflayn ma’ruzalar o‘tkazishga kelishib olindi. Istiqboldagi rejalar belgilanib, hamkorlik memorandumida belgilangan vazifalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi. 

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tadqiqot natijalarini nashr etish, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan chop etilgan kitoblarni “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universitetida taqdimotini o‘tkazish, seminar va konferensiyalar tashkillashtirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar har ikki ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘lishi ta’kidlandi. Mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildirildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish