393

Akademiya o‘qituvchilari xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi hamda Oʻzbekiston rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Pravoslavlik va islom: zamonaviy globallashuv sharoitida an’anaviy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Xalqaro anjumanda zamonaviy globallashuv sharoitida an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, mehr-oqibat kabi masalalar muhokama etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchilari Ramziddin Isakdjanov, Nurilla Turambetov hamda tadqiqotchi Irodaxon Gafurovalar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

“Turkistondagi pravoslav cherkovlari tarixi”, “O‘rta asr Sharq mutafakkirlari ijodida bag‘rikenglik tamoyillari” hamda “Islom va pravoslavlik ta’limotlarida nikoh shartlarining qiyosiy tahlili” kabi mavzulardagi ma’ruzalari konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish