475

Navbatdagi Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash maqsadida Shayxontohur tuman hokimligi hamda tuman Aholini bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada Markaz mutasaddilari 32ga yaqin tashkilotlar o‘zlarining 534 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashayotganini ma’lum qilishdi. Bundan tashqari joriy yilning 25 mart kuni o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 30ga yaqin tashkilotlar o‘zlarining 1 ming 354 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishgandi. 

Yoshlar va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida Akademiya talabalari hamda Shayxontohur tumanida yashovchi yigit-qizlarga batafsil ma’lumot berildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish