“Kelajakka qadam” dasturi
“Kelajakka qadam” dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori asosida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida joriy etilgan.
Akademiya ushbu dastur doirasida bitiruvchi talabalarga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatadi:
- bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha muntazam ma’lumot berish;
- tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlar olish imkoniyatlari haqida tushuntirish;
- yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash;
- kasbiy orientatsiya va “Soft skills” bo‘yicha treninglar;
- ish beruvchilar bilan uchrashuvlar, mehnat yarmarkalari.
PQ-61-son qarori haqida qisqacha ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq:
- bitiruvchilarga tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlar ajratilishi;
- “Kelajakka qadam” dasturida ishtirok etuvchi banklar ro‘yxati tasdiqlanishi;
- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘larning tijorat banklari o‘rtasida taqsimoti belgilanishi;
- o‘quv yili davomida har bir oliy ta’lim tashkiloti bitiruvchilari uchun maxsus “Kelajakka qadam” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
“O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish belgilangan. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur kelishuvga ko‘ra, endilikda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan
- Akademiya talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;
- Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish;
- Talabalarni mahalliy ishlab chiqarish obyektlari hamda xorijdagi oliy ta’lim tashkilotlarida haq to‘lanadigan amaliyotlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.


Batafsil ma`lumot uchun: https://taplink.io/id:013347957:9d50
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish