411

Akademiya jamoasining zafarli yurishi davom etmoqda

Xabar berib o‘tganimizdek, ayni paytda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Biroz oldin turnirning nimchorak finalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodchi” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Keskin va murosasiz bahsning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa Akademiya jamoasining qo‘li baland keldi hamda chorak finalga yo‘l oldi. E’tiborlisi, avvalgi bosqichda ham talaba-yigitlarimiz penaltilar bellashuvida zafar quchishgandi. 

Shu munosabat bilan Akademiya jamoasiga muvaffaqiyat tilab, kelgusi bahslarida ham omad va zafar hamroh bo‘lishini tilab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish