441

Trening ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz yangi O‘zbekistonni o‘z qo‘llarimiz bilan yaratamiz” shiori ostida “Yosh psixologlar klubi” tomonidan art-terapiya treningi o‘tkazildi.

Akademiya psixologi Gulruh G‘aniyeva rahbarligida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari berilgan qisqa vaqt ichida barmoqlari orqali bo‘yoqlar yordamida rasm chizishdi. Treningni o‘tkazishdan maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘lib, talabalarning tadbir davomida ichki ruhiyatini ranglar bilan qanchalik bog‘lay olishi trenerlar tomonidan tahlil qilindi. 

Talabalar trening davomida jamoaviy ishlash, do‘stona muloqot, birgalikda kommunikativ aloqalarni o‘rnatish hamda maqsadlarni birlashtirish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. 

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish