411

Mahorat darsi talabalar uchun foydali bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara Urinboyeva ishtirokida “Ziddiyatli vaziyatlarda PR va jurnalistika” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Amaliy mashg‘ulotda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Madina Nuriddinova hamda “Jurnalistika (Internet jurnalistika)” yo‘nalishi 1-bosqich magistrlari qatnashdi.

Mahorat darsida jurnalistlarning faoliyati, kasb odobi haqida so‘z yuritildi. Yuzaga kelgan ziddiyatli holatlarda mavjud vaziyatni qanday hal qilish kerakligi borasida tavsiyalar, amaliy ko‘nikmalar berildi. Interaktiv metodlar orqali tashkil etilgan binar darsda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish