416

Zulfiyaxonim izdoshlari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi, ardoqli shoira Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir tashkil qilindi. 

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiyaning faol talaba-qizlari tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan she’riy parchalar o‘qib eshittirildi. Shoiraning bosib o‘tgan hayot yo‘llari va ijodi to‘g‘risida mehmonlarga ma’lumotlar berildi. Zulfiyaxonimning asarlari bo‘yicha Kahoot o‘yini tashkil etildi.  

Yakunda g‘olib va sovrindorlar mukofotlandi.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish