318

Dolzarb mavzuda mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ta’lim muassasasi – mahalla uchun ma’naviyat o‘chog‘i” shiori ostida mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Mudofaa vazirligi Toshkent shahar faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari Yo‘ldoshali Rahmonov, Akademiya profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, tyutorlar hamda Shayxontohur tumanidagi mahalla raislari ishtirok etdi.

Davra suhbatida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matullo Muhamedov ma’ruza qildi.

O‘z navbatida mahalla raislari ham so‘z olib, talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida Akademiya jamoasi bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirib o‘tishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish