266

“Street Law” klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Street Law” klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda klub doirasida normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash mahoratini oshirishga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. 

Klub a’zolari O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining maqsadi, normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari, ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbati qanday belgilangani, shuningdek, ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga qanday solinishi bilan tanishib chiqdilar.

Yakunda faol ishtirokchilar taqdirlandi.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish