250

Talabalar yosh robot ixtirochilari koʻrgazmasida ishtirok etdilar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutori Maqsud Palvanov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmonov va yaponiyalik volontyor oʻqituvchi Mori Yasyuki hamkorligida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurildi. 

Muzeyda dastlabki odamsimon robot ixtirochisi fransiyalik Jak De Vokanson tavalludiga bagʻishlangan “Android robot-2024” deb nomlangan yosh robot ixtirochilari koʻrgazmasida ishtirok etildi. 

Tashrif davomida talabalar muzeydagi nodir eksponatlar va koʻrgazmadagi yangi robot ixtirolari bilan tanishib, Axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari bilan muloqot jarayonida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish