227

O‘quv-tanishuv amaliyoti davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-bosqich talabalarining o‘quv-tanishuv amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda. Akademiya talabalari amaliyot jarayonida poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxonalarga tashrif buyurib, muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi”, “Turizm (ziyorat turizmi)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari amaliyot rahbarlari bilan birgalikda Toshkentdagi Japan digital universitetiga tashrif buyurishdi. 

Talabalar tashrif chog‘ida universitetdagi mavjud ta’lim sohalari, shart-sharoitlar, o‘qitish tizimi hamda kutubxona fondi bilan tanishdilar.

Shuningdek, universitet rektori Ravshan Mamajonov bilan talabalarning qiziqarli suhbati ham amalga oshdi. 

Universitet rektori talabalarga Yalpi ichki mahsulot bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri bo‘lgan Yaponiyaning ta’lim tizimi, tartib-qoidalari, magistratura va doktoranturada o‘qishni ushbu davlatda davom ettirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi. O‘quv-tanishuv amaliyoti samarali o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish