223

O‘quv-tanishuv amaliyoti talabalar uchun samarali o‘tmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-bosqich talabalarining o‘quv-tanishuv amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda.

Akademiya talabalari amaliyot jarayonida poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxonalarga tashrif buyurib, muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.

Jumladan, talabalar tanishuv amaliyoti davomida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hazrati Imom majmuasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi kabi muassasalarga tashrif buyurdilar.

Talabalar tashrif davomida tashkilotlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish