157

Teatr bu – ibratxonadir

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari tyutorlar Umidjon Xodjayev, Yoqubjon Bazarov va Sardorbek Qosimov hamrohligida Oʻzbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Adolat fasli” nomli spektaklga tashrif buyurdilar.

Mazkur spektakl temuriylar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi buyuk davlat arbobi ulug’ sarkarda Amir Temur haqida hikoya qiladi. 

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda bosh qahramon – Amir Temur obrazini O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev gavdalantirgan. 

Shuningdek, spektaklda O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hamid Toshpo‘latov, Farhod Abdullayev, Qahramon Abdurahimov, Behzod Muhammadkarimov ham rol ijro etishgan. 

Sahna asari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish