138

Saylov – demokratiya ko‘zgusi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari va talabalar ishtirokida “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. 

Suhbat davomida talabalarga O‘zbekistonda saylov qonunchiligining mazmuni, shuningdek, so‘nggi yillarda saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarga saylov jarayonlarida faol ishtirok etish va tashkil etiladigan siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik muhimligi haqida tushunchalar berildi. 

Muloqot yakunida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, bu esa fikr almashish hamda muhokama uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish