149

Doktorantlar tomonidan ma’ruza darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida “Ilmiy tadqiqot ishida obyekt va predmet tushunchalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda “Dinshunoslik” ixtisosligi 1-kurs tayanch doktorantlari Dilfuza Mirzaxonova va Nozima Agzamova mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

Davra suhbatida Xotin-qizlar bo'limi uslubchisi Nilufar Aliboyeva, tyutorlar Umida Xasanova, Javohir Sobirov hamda TTJ talabalari ishtirok etdilar.

Taqdimot davomida ma’ruzachilar o'z ilmiy tadqiqotlari doirasida obyekt va predmet tushunchalari haqida umumiy ma'lumot berishdi hamda ularni ilmiy ishda qo'llay olish malakasini shakllantirishdi.

Talabalar tomonidan mavzu doirasida o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kelgusi tadbir mavzusi va rejalari haqida kelishib olindi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish