142

Ekologik madaniyat – bugun va kelajak

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat  bo’limi boshlig’i Rahmatilla Gaipnazarov, fakultet tyutori Umida Xasanova hamkorlikda “Islomshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Tabiatni asrang!” shiori ostida “Ekologik madaniyat – bugun va kelajak” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarga Ekologik ma’rifat, ta’lim va tarbiya, ekologik madaniyatni shakllantirish yuzasidan ma’lumot va tavsiyalar berildi. 

Insoniyatning ekologik dunyoqarashi – Ekologik madaniyat, insoniyatning ekologik tushunchalarini o‘z ichiga oladi, masalan, amaliy ekologik harakatlarning ahamiyatini, insoniyatning tabiat bilan o‘zaro munosabatlarini, tabiatni himoya qilish va muhitni qo‘llab-quvvatlashning muhimligini anglashni talab qiladi.

Talabalarga O’zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Ekologik madaniyat oiladan boshlandi!” hujjatli videofilm namoyish etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish