109

Doktorantlar tomonidan davra suhbati tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida "Islom tarixi va manbashunosligi  IRCICA" kafedrasi doktorantlari – Xulkar Usmanova, Farida Abzalova, E’zoza Mirdjalalova hamda Maxzuna Sobirova tashabbusi bilan "Ilmiy maqola yozish texnikasi: Tadqiqotdan nashrga qadar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida ilmiy maqola yozishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, xalqaro standartlarga muvofiq maqola yozishning o‘ziga xos jihatlari, maqolalarni ilmiy jurnallarda chop etish jarayonlari  haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, doktorantlar oʻzlari tadqiq qilayotgan ilmiy ishlarga ham toʻxtalib, ilmiy faoliyatni samarali olib borish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.

Bu kabi davra suhbatlari talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish va ularga ilmiy faoliyatda amaliy ko‘mak berishda muhim o‘rin tutadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish