101

Ekstremizm va terrorizm – insoniyatga tahdid

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Ekstremizm va terrorizm – insoniyatga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Anvar Yo‘ldoshev va fakultet tyutori Nigina Ruzimovalar ishtirok etishdi. 

Davra suhbatida ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi sabablari, buzg‘unchi oqimlarning maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, kóproq kitob óqishning ahamiyati katta ekani qayd etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish