73

Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Ayni paytda Akademiya talabalari malakaviy amaliyotini respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tamoqda. 

Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instututi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyoti muzeyi, Toshkent shahar iqtisodiy ishlari sudlov hay’ati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazi, “Ziyo” media markazi, “Asia Alliance bank”, “Alfa life” sug‘urta tashkiloti, “Wise Resolvere” MChJ, “DataPrizma” konsalting firmasi va boshqa ko‘plab muassasalarda amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot oldidan talabalarga amaliyot tartibi, mazkur jarayonda amalga oshiriladigan ish rejasi tushuntirib berildi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42
Apr
29
Yoshlar bilan ishlash
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
18:57

Izoh qoldirish