7

Ong va raqamli g‘oya

XXI asr kishilari axborot sivilizatsiyasi bosqichiga kirdi. Endilikda jamiyat taraqqiyoti va osoyishtaligini faqat iqtisodiy yoki siyosiy omillar emas, axborotni qabul qilish va qayta ishlash qobiliyati, ya’ni raqamli ong darajasi ham belgilamoqda. Bunday sharoitda har bir millatning kelajagi uning axborotga bo‘lgan munosabati, sun’iy intellektni qanday talqin qilishi va raqamli muhitda milliy o‘zligini saqlab qolish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq. 

Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning raqamli axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt(SI)ni rivojlantirishga doir tashabbuslari texnologik siyosatning yangi bosqichi, milliy ong, madaniyat va ma’naviyatni himoya qilishning ilmiy-falsafiy strategiyasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Aslida, SIga inson ongini almashtiruvchi sifatida emas, uni kengaytiruvchi, tizimlashtiruvchi va qayta dasturlovchi vosita sifatida qarashimiz zarur. Falsafiy nuqtayi nazardan, sun’iy intellekt – insonning o‘zini anglash jarayonining yangi bosqichi. U inson ongining tashqi modellashuvi hamdir. Lekin bu jarayon axloqiy, ma’naviy va milliy o‘lchamlarga ham ega. 

Habibullo Sadibaqosev, 

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining 

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, siyosiy fanlar doktori, dotsent

Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 14-noyabr, 46-son 

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish