528

Magistratura talabalari “Rektor kubogi” saralash o‘yinlarida qatnashmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Ayni paytga qadar “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Islomshunoslik” hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazildi.

Navbatdagi bahslar magistratura bosqichi talabalari o‘rtasidagi bellashuvlar bilan davom etib, unda 4 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Murosasiz kechgan o‘yinlar yakunida final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa nomi ma’lum bo‘ladi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish