594

Arab tili bilimdonlari o‘zaro bellashdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Arab tili bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning saralash bosqichida Akademiya fakultetlaridan 18 jamoa ishtirok etib, savol-javobdan so‘ng asosiy bosqichga 5 jamoa yo‘llanma oldi. Mazkur bosqichda “Tullabu-l-akademiya” (Akademiya talabalari), “Alif”, “Nujumu-l-islam” (Islom yulduzlari), “Safinatu-l-ulum” (Ilm kemasi), “Javhar” jamoalari o‘zaro bellashdi. Tanlovda jamoalar dastlab Tanishtiruv, “Kahoot!”, “Qisqa metrajli film” va “So‘z yasash” shartlari bo‘yicha bahsga kirishishdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabalarining “Islom yulduzlari”, 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabalarining “Ilm kemasi” jamoasi, 1-o‘rinni esa Sharq filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabalarining “Alif” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish