714

Akademiya talabalari Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘ldi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlarni muntazam tashkil etish an’anaga aylangan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarning o‘zaro fikr almashinuvi, egallagan bilimlarini yanada mustahkamlashlari nazarda tutilgan. 

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro munosabatlar va Filologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari Chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Aripova hamda kafedra o‘qituvchilari hamrohligida Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lishdi.

Dastlab universitet mutasaddilari tomonidan mehmonlar uchun ta’lim muassasasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Talabalarning ta’lim olishi, mustaqil izlanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona, muzey faoliyati tanishtirildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki tomon vakillari o‘z sohalari bo‘yicha olgan bilimlari, nazariya va amaliyot masalalari haqida so‘z yuritishdi. Talabalar bir-birlariga mavzular yuzasidan tashabbus va takliflarini o‘rtaga tashlashdi. Uchrashuv savol-javoblarga boy o‘tdi. 


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish