546

Ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Onamga o‘xshaydi mening Vatanim!” mavzusida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvni Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Chiniyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muallam Zufarova, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi Laylo Saidova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Akademiya talaba-qizlarining ijodiy ishlari, taqdimotlari namoyish etildi. Talabalar tomonidan Vatan, ota-ona, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan she’rlar, fikr-mulohazalari yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.

Tadbir yakunida talabalar mazmunli davra suhbati uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirishdi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish