Yoshlar ittifoqi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faoliyati
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 2017-yil 3-noyabr kuni tashkil etilgan bo‘lib, boshlang‘ich tashkilot Kengashi 15 nafar a’zodan iborat. Kengash faoliyatiga yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi. Boshlang‘ich tashkilot tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy maqsadlaridan tashqari Akademiya talabalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirish, dunyoviy va diniy bilimlarini yuksaltirish hamda respublikada ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarda bevosita ishtirokini ta’minlashni ham maqsad qilib qo‘ygan. Jumladan, 2018 yilning sentyabridan shu vaqtgacha (2019 yil may oyi) bakalavr va magistrlardan 12 nafari davlat va nodavlat tashkilotlarida suhbatlarda qatnashdi.
Bundan tashqari Akademiyaning o‘zida boshlang‘ich tashkilot tomonidan “Muslimaat.uz” sayti rahbari Odina Muhammad Sodiq va elimiz suygan shoira Marhabo Karimova kabi insonlar bilan davra suxbatlari, talabalar o‘rtasida muntazam “Zakovat” intellektual o‘yinlari, talaba qizlarining ma’naviy hordiq olishlari uchun “Orzular qanoti” nomli ko‘ngilochar loyiha doirasida qizlar uchun ibrat bo‘la oladigan jamiyatning eng ijtimoiy faol ayollari taklif qilingan holda turli uchrashuvlar, hamda yil fasllari davomida “My asademy” nomli fotosuratlar tanlovi, har yili 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan “Talabalik zavqi” shiori ostida talabalar sayli, yolg‘iz qariyalar, bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olish hamda ularga ijtimoiy-ma’naviy ko‘mak berish maqsadida hayriya aksiyalari, talabalar o‘rtasida boshlang‘ich tashkilot va kafedralar bilan hamkorlikda “Hadis musobaqasi”, “Qur’on ilmlari” musobaqalari va “Islom tarixi bilimdoni” nomli diniy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etilgan. 2019 yil 24 may kuni Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda Olmazor tumanida joylashgan “Urush va mehnat fahriylari uchun Respublika pansionati”da “Ramazon tuhfasi” shiori ostida hayriya aksiyasi va Shayxontohur tumanida joylashgan
37-mumta’lim maktabi o‘quvchilariga kitoblar ulashildi.
Akademiya boshlang‘ich tashkilotning telegram ijtimoiy tarmog‘ida @O`zXIA_students kanali mavjud bo‘lib, Qur’on ilmlari, islom tarixi va hadisshunoslikka oid rasmiy kitoblardan savollar tuzulib, viktorina loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish