456

Xotin-qizlar faoliyati

Xotin-qizlar bo‘limi asosiy maqsadi – xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida xotin-qizlarni to‘laqonli ishtirokini, ayollar va yoshlarning ma’naviy va intellektual o‘sishini ta’minlash.

Bo‘limning vazifalari:

- xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan o‘stirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat qurilishida faol qatnashishlari sohasidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish;

- xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- akademiyada milliy-diniy an’analarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitusiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, buzg‘unchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga ta’sir o‘tkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yo‘lidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish;

- xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, bu tashkilotlarning sa’y-harakatlarini jamiyatni modernizasiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida, O‘zbekistonda jamiyat va davlat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarga yo‘naltirish.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Ijtimoiy himoya
06:31
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Sport sohasidagi faoliyat
06:28
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Talabalar hayoti
06:25

Izoh qoldirish