431

Talabalar hayoti

Akademiya talabalarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish va aqliy-ilmiy salohiyatlarini ko‘tarish maqsadida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, ularning ilmiy sohadagi faoliyatini rivojlantirish yuzasidan Akademiyada “Talabalar ilmiy jamiyati” tashkil etilgan bo‘lib, 2019 yil 23 aprel kuni ushbu jamiyatining
III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 nafar talaba va magistrantlar o‘zbek, rus, ingliz tillarida o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiyaga bakalavrlardan 60 ta, magistrantlardan 56 ta, jami 116 ta maqola taqdim etildi. Maqolalar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tasniflandi: Dinshunoslik va tarix (33 ta), Islomshunoslik va manbashunoslik (31 ta), Din psixologiyasi (25 ta) hamda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va informatika (27 ta). Maqolalar to‘plami “Intellektual avlod – kelajak tayanchi” nomi ostida nashr etildi.

Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning ma’naviy-ma’rifiy ongini yuksaltirish yuzasidan kafedralar professor-o‘qituvchilari turli mavzularda ma’ruza va davra suhbatlari tashkil etildi.

Iste’dodli va jamoat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, o‘quv rejadagi barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirayotgan, iqtidorli, ma’naviy barkamol talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan Akademiya stipendiyasi tanlovida Nig‘matullayev Ibrohim – “Dinshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs, Sobirova Shaxloxon – “Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)” yo‘nalishi (rus guruhi)
2-kurs, Bekniyozova Kamola – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi 2-kurs talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda til, adabiyot va tarjima muammolari” respublika ilmiy-nazariy anjumanida “Turizm (Ziyorat turizmi)” yo‘nalishi 1-kurs talabalari Bahshillayeva Maftuna, Tojiboyeva Mashhura va Eshboyev Baxodirlar o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etdilar.

Akademiya talabalari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan maqola va insholar tanlovlarida ham faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar. Jumladan, 2019 yil may oyida o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Men ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularidagi  maqolalar tanlovida Akademiyaning “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Islomqulov Olimjon hamda “Psixologiya (Din sosiopsixologiyasi)” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Maxamatkarimov Muzaffar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Xotin-qizlar faoliyati
06:33
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Ijtimoiy himoya
06:31
Jan
29
Ijtimoiy faoliyat
Sport sohasidagi faoliyat
06:28

Izoh qoldirish