313

Huquqiy targ‘ibot tadbiri

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Shayxontohur tumani Adliya bo‘limi xodimlari Dilshod Tog‘ayev, Abdulmalik Shukurullayev ishtirokida huquqiy targ‘ibot doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiya profilaktik inspektori Asror Abduvaliyev, Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, guruh tyutorlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish, mazkur illatdan uzoq yurish, qonunchilikda chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekani, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish, turli g‘arazli  kimsalar tuzog‘iga ilinib qolmaslik, xushyor va ogoh bo‘lish davr talabi kabi mavzularda soha vakillari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob qaytarish muhimligi ta’kidlandi.

Muloqotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar har qanday noto‘g‘ri qadam kishini javobgarlikdan xalos etmasligi, bu borada qonunchilikda javobgarlik belgilanganini ma’lum qilishdi. 

Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari atroflicha javob berishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish