313

Diniy soha rahbarlari tanlov ishtirokchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Vatanni sevmoq imondandir” insholar tanlovi respublika bosqichi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir an’anaga ko‘ra Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov talaba-yoshlarni nufuzli tanlovdagi ishtiroklari bilan qutlab, yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikning asosiy tamoyillari, yoshlarning ma’naviyati, ilmini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, sohadagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish