366

“Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

16-iyun kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Vatanni sevmoq iymondandir” insholar tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan 45 nafar talaba qatnashdi.

“Vatanni sevmoq iymondandir” mavzusida insho yozish jarayonidan so‘ng kun davomida belgilangan dastur bo‘yicha talabalar “Temuriylar tarixi” hamda “Aloqa tarixi” muzeyiga tashrif buyurishdi. Shundan so‘ng ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi. 17-iyun kuni tanlov g‘oliblari taqdirlanadi.

Tanlovga oid yangiliklarni saytimizda yoritib boramiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish