288

London shahrida "Din va eʼtiqod erkinligi" mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda

2022-yilning 5-6-iyul kunlari Angliyaning London shahrida "Din va eʼtiqod erkinligi" mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Konferensiyada 100 dan ziyod davlatlardan 700 ga yaqin vazirlar, olimlar, mutaxassislar, turli din vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari bugungi davrda din erkinligi va bagʻrikenglik, din vakillarining oʻzaro totuv va hamjihat yashashlari zarurligi borasida maʼruzalar qilmoqdalar. Konferensiyaning birinchi kunida bu borada Oʻzbekiston tajribasiga bagʻishlangan maʼruza ham ishtirokchilarga taqdim etildi.

Hozirda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiyaga oid 2335 ta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ularning erkin faoliyati qonun bilan mustahkamlangan. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov ham ishtirok etmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

Izoh qoldirish