349

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning Qurbon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!

Qurbon hayiti — mehr-muruvvat, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va shu saodatli kunlarga shukronalik ayyomi. Shu bois mazkur bayramning mo‘min-musulmonlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. 

Shu fursatdan foydalanib, xalqimizni, qolaversa, Siz azizlarni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 

Azizlar!

Ma’lumki, bugungi kunda olis-yaqin hududlarda butun dunyoni tashvishga solayotgan xavf-xatarlar, turli g‘arazli maqsadlardagi kurashlar avj olmoqda. Ayrim diyorlarda kunora yuz berayotgan noxush voqea-hodisalar barchamizni tashvishga soladi, albatta. 

Yurtimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida nafaqat mamlakatimiz, balki barcha mintaqa diyorlarida tinchlik, hamjihatlik, taraqqiyot va farovonlikni ta’minlash bo‘yicha muntazam qayg‘urib kelinayotgani xalqaro miqyosda ham tan olinmoqda. 

Inson qadrini e’zozlab, uning baxt-u kamoli, yorug‘ istiqboli uchun sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan muhtaram Yurtboshimiz rahnomoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bugun har bir vatandoshimizning xonadonidagi fayz-baraka, hotirjamlik va kelajakka umidda yanada bo‘y ko‘rsatayotgani barchamizda faxr uyg‘otmoqda.

Shunday ekan, har bir yurtdoshimizning yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, oilamiz farovonligi, farzandlar baxt-u iqboli va, albatta, mamlakatimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz ham farz, ham qarzdir. 

Aziz qadrdonlar!

Munavvar kunlarda yurtimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin. 

Siz, azizlarni yana bir bor muborak Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etib, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilayman. Yurtimizdagi fayz-baraka, mehr-oqibat, tinchlik-totuvlik bardavom bo‘lsin!

Izoh qoldirish