301

Ziyoratchilarimiz 14-iyuldan yurtimizga qaytadi

“Haj-2022” mavsumini ko‘tarinki kayfiyatda yakunlagan ziyoratchilarimiz joriy yilning 14-iyul – 4-avgust kunlari yurtimizga qaytib keladi. 

Hojilarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukus sari parvoz qilishadi.

“Haj-2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bort kuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi. Hojilarimizga havo kemasida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi.

Izoh qoldirish