287

“Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlari davom etmoqda

Namangan shahar hokimligida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy seminar-trening tashkil etildi. Yig‘ilishda shahar hokimi va sektor rahbarlari hamda turli tarmoq vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari Ilhomjon Ma’rupov ishtirok etdi. U aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida tushunchalar berdi.

Yig‘ilishda bugungi globallashuv davrda har bir insonni yot g‘oyalardan himoya qilish, ularda yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini va go‘zal axloqiy madaniyatni shakllantirishga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

Seminar davomida dolzarb mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Uchrashuvda aytilgan fikr-mulohazalar yig‘ilganlar uchun muhim amaliy ko‘nikma bo‘ldi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

Izoh qoldirish