
“Buyuk dasht nolasi” filmi “Oskar”ga nomzod sifatida ko‘rsatildi
Oskar mukofotiga O‘zbekistondan Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi ilgari surilgan edi. O‘zbekiston ortidan esa Qozog‘iston o‘z filmini ilgari surdi. Bu haqida Qozog‘istonning tengrinews.kz sayti xabar bermoqda.
Qozog‘istonning “Ұлы дала зары” (“Buyuk dasht nolasi”) filmi yilning asosiy kino mukofoti – “Oskar” mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi. Kartina “Eng yaxshi chet tilidagi film” tanlovining ro‘yxatiga kiritilgan. Film Qozog‘iston kinematografchilar uyushmasi qoshidagi “Oskar” qo‘mitasi tomonidan tanlangan.
Film syujeti Qozog‘istonning tub aholisi boshiga tushgan haqiqiy tarixiy voqealarga asoslangan. Ijodkorlarning ta’kidlashicha, kartinada 1920-30-yillarda ro‘y bergan ocharchilikda mamlakat aholisining 70 foizga yaqini qirilib ketgani aks etadi. Bundan tashqari, 1,5 milliondan ortiq odam o‘z vatanini tashlab, boshqa mamlakatlarga qochishga majbur bo‘ladi. Nomzod sifatida taqdim etilgan mazkur film ushbu voqealarni yoritib beradi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish