359

Turkiya va Pokiston hamkorlikda tarixiy serial suratga oladi

Turkiya va Pokiston birgalikda tarixiy teleserial suratga olishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda www.aa.com. cayti.

Shu maqsadda Pokiston hukumati rahbari Imron Xon Islomobodda Turkiyaning “Tekden Film” prodyuserlik kompaniyasi boshqaruv raisi Kamol Tekden boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda har ikki tomon vakillari Hindiston yarim orolidagi musulmonlarning Bolqon urushlaridagi ishtiroki (1912-1913) haqida hikoya qiluvchi yangi “Turk Lala” tarixiy seriyasini suratga olish loyihasini muhokama qilishdi.

Muloqotda parlamentning Kashmir bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Shahriyar Afridi “Turk Lala” mashhur qo‘mondon Abdurrahmon Peshaveriyga berilgan ism va “turk birodar”, degan ma’noni anglatishini eslatib o‘tdi.

Kashmirda tug‘ilgan Abdurrahmon Peshaveri turk xalqida o‘ziga xos sevgisi bilan tanilgan va Turkiya uchun og‘ir kunlarda u birodarlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Anatoliyaga kelgan. Serial tarixiy qahramonlar misolida yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga hissa qo‘shishga qaratilgan.

Pokiston Bosh vaziri “Tekden Film”ni o‘zining mamlakatida ham mashhur bo‘lgan “Ertug‘rul” serialining muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish