357

Moskvada ayol haydovchilarga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

Moskvada asosiy jamoat transporti vositasi hisoblangan metro tizimida endi ayol haydovchilar ham poyezdlarni boshqarishi mumkin.

Boshqacha aytganda, bu borada yillar davomida qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.

Rossiya Mehnat vazirligi o‘tgan yili ushbu tarmoqda ayollar poyezd ruliga o‘tirishiga ruxsat bergan edi.

Shahar transport boshqarmasi bayonotida aytilishicha, maxsus o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan haydovchi ayollarning dastlabki guruhi bugundan ish boshlagan.

Ma’lumotga ko‘ra, guruhdagi 25 ayoldan 12 nafari to‘liq o‘quv kursini tugatib, rasman haydovchi sifatida e’tirof etildi.

"Kelgusi yili ayol haydovchilarimiz safiga yana kamida 50 nafar yangi xodim qo‘shiladi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joiz, mashinist xonimlar metro tarmog‘idagi eng zamonaviy yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Filevskaya liniyasida harakatlanadi.

Darvoqe, xotin-qizlarga bunday poyezdlar boshqaruvida harakatlanish huquqi dastlab 1936-yilda berilgan. Ayol haydovchilarni ushbu kasbga jalb qilish 1980-yil boshlarida taqiqlangan edi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish