352

Gavayidagi islom san’ati to‘plami

Amerikalik Doris Dyuk 56 yil davomida Eron, Marokash, Turkiya, Suriya, Ispaniya, Misr va Hindistondan olib kelingan 3500 dan ortiq qimmatbaho buyumlar, san’at asarlari va mebellarni Shangri La islom san’ati muzeyi uchun yig‘di.

Bu haqida islam-today.ru sayti xabar bermoqda. Xabarda keltirilishicha, aslida bu muzey ilgari uy bo‘lgan. Dyuk o‘zining ulkan boyligidan islom dunyosidagi ajoyib san’at va madaniyat durdonalarini to‘plash uchun foydalangan. Gavayi orolidagi Kaalavay deb nomlanuvchi joyda barpo etilgan Shangri La muzeyi qanday nom olganligini hech kim bilmaydi.

Kerol Berning yozishicha, Doris o‘sha paytdagi mashhur “Yo‘qotilgan ufq” filmidan ilhomlangan bo‘lishi mumkin. Unda Himolay vodiysidagi Shangri La nomi bilan tanilgan maxfiy joy haqida hikoya qilinadi.

Shangri La – bu Gavayidagi eng noyob joylardan biri, bu o‘ziga xos madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Haftaning to‘rt kunida, chorshanbadan shanbagacha ekskursiyaga ruxsat etiladi. Tashriflar Gonolulu badiiy akademiyasi tomonidan Doris Dyuk Islom san’ati jamg‘armasi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. Sayyohlar dastlab, Honolulu San’at akademiyasida to‘planib, muntazam namoyish etiladigan “Islom dunyosi san’ati” ko‘rgazmasini tomosha qilishadi.

Umumiy qiymati 20 million dollarga baholanadigan Shangri La muzeyi ko‘plab mehmonlar uchun Islom olami va musulmon xalqlari uchun kichik oyna bo‘lib xizmat qiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish